Sovg‘alar: Uy uchun

«Uy uchun» turkumidagi sovg‘a g‘oyalari, taxminiy narxi va do‘kon havolasi bilan.

Mos g‘oyalar

Uy uchun

Filtrlarni tozalash
Aqlli uyTaxminiy narx: 1 886 000 so‘m
Uy uchunTug‘ilgan kun

Yandex Stansiya Midi aqlli kolonkasi

Musiqa, Alisa, soat va aqlli uy boshqaruvi — bitta kichik qurilmada.

  • alisa
  • yandex stansiya
  • aqlli kolonka
  • musiqa
Device.uz
O‘zbekiston mahsulotiTaxminiy narx: 152 000 so‘m
Uy uchunTug‘ilgan kun

«Mak» dekorativ yostig‘i

Sharqona naqshli dekorativ yostiq: velyur g‘ilof, sintepon to‘ldirgich, raqamli bosma. Narx 2 dona uchun ko‘rsatilgan.

  • o‘zbekiston
  • mahalliy brend
  • interyer
  • naqsh
Fratelli Casa
O‘zingiz yasangTaxminiy narx: 400 000 so‘m
Uy uchunTug‘ilgan kun

O‘z piyola va likopchangizni yasash

Bir necha soat loy bilan ishlaysiz, oxirida esa uyda ishlatsa bo‘ladigan o‘z piyola va likopchangiz bo‘ladi.

  • keramika
  • loy
  • piyola
  • mahorat darsi
Potterville
O‘zbek sopoliTaxminiy narx: 550 000 so‘m
Uy uchunYangi uy

Naqshli sopol choy to‘plami

Qo‘lda bezatilgan ko‘za, piyolalar va patnis. Bunday to‘plam mehmon kelganda dasturxonga qo‘yiladi, qolgan paytda esa tokchada chiroyli turadi.

  • sopol
  • idish-tovoq
  • piyola
  • naqsh
Sopol Milliy
Qahva sevuvchilar uchunTaxminiy narx: 2 790 000 so‘m
TexnikaYangi uy

De'Longhi Dedica qahva mashinasi

Eni 15 santimetr atrofida, kichik oshxonaga ham sig‘adi. Espresso tayyorlaydi, bug‘ naychasi bilan esa kapuchino uchun sut ko‘pirtirsa bo‘ladi.

  • qahva mashinasi
  • qahva
  • espresso
  • delonghi
De'Longhi
Shirin sovg‘aTaxminiy narx: 450 000 so‘m
Uy uchunTug‘ilgan kun

Qand shokolad konfetlari

O‘zbek brendining konfetlari: ichida yong‘oq va quritilgan meva, sovg‘a qutisida. Mehmonga borganda olib borishga yaxshi.

  • shokolad
  • konfet
  • shirinlik
  • qand
Qand
Toshkent bo‘ylab yetkazishTaxminiy narx: 550 000 so‘m
Uy uchunTug‘ilgan kun

Ella Fiori atirgullari, yetkazib berish bilan

Toshkent bo‘ylab yetkazib beriladigan katta guldasta yoki savatdagi atirgullar. Telegram orqali buyurtma qilsa bo‘ladi, u yerda hozir qanday guldastalar yig‘ilayotgani ham ko‘rinadi.

  • gullar
  • guldasta
  • atirgul
  • yetkazib berish
Ella Fiori
Dasturxon uchunTaxminiy narx: 280 000 so‘m
Uy uchunYangi uy

Naqshli lagan

Osh yoki meva uchun yorqin naqshli katta lagan. Chorsuda sotiladi, Telegram orqali ham buyurtma qilish mumkin.

  • lagan
  • idish-tovoq
  • sopol
  • osh
Lagan Souvenir
Uydagi shinamlikTaxminiy narx: 355 000 so‘m
Uy uchunYangi uy

Uch pilikli Bath & Body Works shami

411 grammlik katta xushbo‘y sham, 25 soatdan 45 soatgacha yonadi. Hozir qaysi hidlar borligini Grace Gifts’dan Telegramda so‘rab olgan ma’qul.

  • sham
  • xushbo‘y
  • bath & body works
  • shinamlik
Grace Gifts
10 tadan 9 tasi ko‘rsatildi
Mos g‘oya topilmadimi?

O‘zingiznikini taklif qiling.

To‘plamga nima qo‘shsa bo‘lishini yozing. Har bir taklifni o‘qiymiz va yaxshi g‘oyalarni do‘kon yoki usta nomi bilan qo‘shamiz.

Do‘kon va ustalarga

To‘plamga qo‘shilmoqchimisiz?

Do‘kon kabinetini oching va mahsulot yoki xizmatlaringizni qo‘shing. Ular shu yerda narxi, rasmi va sahifangizga havolasi bilan tayyor g‘oya sifatida chiqadi.

Mahsulot joylashtirish

Xohlayman to‘plamdagi do‘kon va brendlar bilan bog‘liq emas va hech narsa sotmaydi. Bu yerdagi narxlar taxminiy: hozirgi narxi va bor-yo‘qligini sotuvchidan so‘rang.