Dasturchilar va do‘konlar uchun

Saytingizdagi mahsulot istaklar ro‘yxatiga tushsin.

Bitta havola yoki qo‘shimcha kutubxonasiz skript saytingizga tugma qo‘shadi, u mahsulotni Xohlayman muharririga xavfsiz uzatadi.

SDK’siz · faqat HTTPS · 18 ta mahalliy do‘kon

GET/add307
shop.exampleSony WH-CH520620 000 so‘m
01Parametrlar tekshiriladi
02O‘tish faqat /app ga
03Foydalanuvchi tasdiqlaydi

Skript savatni, cookie’larni yoki xaridor ma’lumotini o‘qimaydi.

Ishlaydigan namuna

Tugma mahsulot kartochkasida shunday ko‘rinadi

Quyidagi tugmani siz saytingizga ulaydigan aynan o‘sha ochiq fayl joylashtiradi.

shop.example/products/headphones•••
NEW
AUDIO · SIMSIZ

Sony WH-CH520

Musiqa, ish va uzoq sayrlar uchun yengil quloqchinlar.

620 000 so‘m
Tez boshlash

Ulash usulini tanlang

Ikkala variant ham bir xil xavfsiz /add shartnomasidan foydalanadi.

Tavsiya etiladi

Tayyor tugma

Xarid tugmangiz yoniga data-atributlarni va sahifaga bitta asinxron skriptni qo‘shing.

<div
  data-xohlayman-button
  data-title="Sony WH-CH520"
  data-url="https://shop.example/products/sony-wh-ch520"
  data-image="https://shop.example/images/sony-wh-ch520.jpg"
  data-price="620000"
  data-store="My Store"
></div>
<script async src="https://xohlayman.uz/xohlayman-button.js"></script>
JavaScript’siz

Oddiy havola

URL’ni serverda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot kartochkasi shablonida yasang.

<a href="https://xohlayman.uz/add?url=https%3A%2F%2Fshop.example%2Fproducts%2Fsony-wh-ch520&title=Sony%20WH-CH520&price=620000&store=My%20Store">
  Add to Xohlayman
</a>
SPA VA DINAMIK KATALOG

DOM yangilangandan keyin joylashtiring

Skript yangi kartochkalarni o‘zi sezadi. Ochiq metod freymvorkingiz mavjud tugunni qayta ishlatganda asqotadi.

const mount = document.createElement('div');
mount.dataset.xohlaymanButton = '';
mount.dataset.title = product.name;
mount.dataset.url = product.canonicalUrl;
mount.dataset.price = String(product.priceUzs);
document.querySelector('.buy-actions').append(mount);

window.XohlaymanButton?.mount(mount);
/add shartnomasi

Qo‘llab-quvvatlanadigan parametrlar

Hech bir parametr sovg‘ani avtomatik saqlash huquqini bermaydi. Noma’lum va xavfli qiymatlar tashlab yuboriladi.

urldata-url
HTTPS URL · 2048 belgigacha

Mahsulotga kanonik havola. #… fragmenti olib tashlanadi; login, parol, port va HTTP havolalar qabul qilinmaydi.

titledata-title
Matn · 160 belgigacha

Istak muharririga tushadigan nom. Boshqaruv belgilari olib tashlanadi, takroriy bo‘shliqlar birlashtiriladi.

imagedata-image
HTTPS URL · 2048 belgigacha

Mahsulotning ochiq rasmi. Brauzer uni faqat foydalanuvchi muharrirda aniq tasdiqlagandan keyin yuklaydi.

pricedata-price
Butun son · UZS

Narx bo‘shliq, valyuta belgisi va kasr qismisiz: masalan, 620000. 999 999 999 999 gacha qiymat mumkin.

storedata-store
Matn · 80 belgigacha

Do‘kon yoki sotuvchining ko‘rsatiladigan nomi.

kinddata-kind
gift | fund

Taklif qilinadigan tur: oddiy sovg‘a yoki umumiy yig‘im. Foydalanuvchi saqlashdan oldin tanlovni o‘zgartira oladi.

prioritydata-priority
must | want | nice

Istakning taklif qilinadigan muhimligi. Noma’lum qiymatlar e’tiborga olinmaydi.

Faqat vidjet uchun

Tashqi ko‘rinish va xatti-harakat

data-label
Tugmaning o‘z matni, 60 belgigacha. Sukut bo‘yicha: Add to Xohlayman.
data-variant
solid (sukut bo‘yicha) yoki outline.
data-size
default yoki compact; ikkalasi ham tap target’ni 44px dan kam qilmaydi.
data-new-tab
Yangi oyna sukut bo‘yicha yoqilgan; joriy oyna uchun false qo‘ying.
Do‘konlarni qo‘llab-quvvatlash

Do‘kon robotlardan yopiq bo‘lsa ham, havola yo‘qolmaydi

Ma’lum do‘konlarda Xohlayman yo ochiq metama’lumotlarni o‘qiydi, yo havolani saqlab, qo‘lda to‘ldiriladigan kartochka ochadi.

15 ta do‘kon

Avtomatik to‘ldirish

Nomi, rasmi va narxini olishga harakat qilamiz.

Podarok.co.uzMETAAsaxiyMETAOlchaMETATexnomartMETAMediaparkMETAYandex MarketMETAOLXMETAAlif ShopMETABeeMarketMETAGlotrMETAideaAPIiSpaceMETABuyMarketMETATovar.uzMETABirmarketAPI
3 ta do‘kon

Havola + tekshiruv

Antibot istakni qo‘lda qo‘shishga xalaqit bermaydi.

Uzum MarketLINKWildberriesLINKOzonLINK
Xavfsiz marshrut va qat’iy CSP

/add faqat sanab o‘tilgan maydonlarni, credentials’siz HTTPS havolalarni qabul qiladi va doim o‘sha origin ichidagi /app ga yo‘naltiradi. Ixtiyoriy redirect uzatib bo‘lmaydi. Sayt style-src da nonce ishlatsa, ulanadigan skriptga ham o‘sha nonce ni qo‘ying — vidjet uni o‘z stillariga ko‘chiradi.

MCP-SERVER

Xohlayman ChatGPT va Claude ichida

Xohlayman’ni MCP-server sifatida ulasangiz, ro‘yxatni assistent bilan suhbatning o‘zida boshqarish mumkin: «Malikaga to‘y uchun yana nima kerak», «890 000 ga kofe qaynatgich qo‘sh». Transport — HTTP orqali JSON-RPC 2.0, alohida SDK kerak emas.

Server manzilihttps://xohlayman.uz/api/mcp

Tokensiz — faqat ochiq ma’lumot

To‘plamdan g‘oya izlash, havola kodi bo‘yicha ochiq ro‘yxatni o‘qish, ochiq profil, do‘kon qo‘llab-quvvatlanishini tekshirish. Ya’ni havolasi bor har qanday odam baribir ko‘ra oladigan narsalar.

search_gift_ideas, get_wishlist, get_profile, check_store_support, list_supported_stores

Token bilan — o‘z akkauntingiz

Token profil sozlamalarida (yoki do‘kon kabinetida) yaratiladi va Authorization: Bearer <token> sarlavhasida yuboriladi. Server cookie’ni umuman o‘qimaydi, shuning uchun begona sahifa ochiq seans orqali sizning nomingizdan ish qila olmaydi.

  1. «Mening profilim» → «ChatGPT va Claude uchun ruxsat» bo‘limida token yarating.
  2. Uni darhol nusxalab oling: biz faqat uning izini saqlaymiz va tokenni qayta ko‘rsatmaymiz.
  3. Konnektor sozlamalarida server manzilini va avtorizatsiya maydoniga tokenni kiriting.
Egasining tokenilist_my_wishlists, get_my_wishlist, add_wish, update_wish, remove_wish, create_wishlist, update_wishlist, list_my_exchanges, get_my_assignment

list_my_exchanges — Siz qatnashayotgan yoki tashkil qilgan sovg‘a almashinuvlari: holati, byudjeti, sanasi, havolasi.

get_my_assignment — Qur’adan keyin kimga sovg‘a qilishingiz va uning istaklar ro‘yxati. Faqat o‘qish uchun.

Do‘kon tokenilist_my_offerings, save_offering, archive_offering, get_my_stats
Server hech qachon bermaydigan narsalar

O‘tkazma uchun karta raqami, mehmon ismlari, o‘tkazma yozuvlari, begona akkauntlar va admin panelidagi hamma narsa. Token faqat sizning akkauntingizga ruxsat beradi, bekor qilingan token esa darhol ishlamay qoladi. Do‘kon kiritgan o‘zgarishlar moderatsiyadan o‘tadi: kartochkani do‘konning o‘zi e’lon qila olmaydi.

INTEGRATSIYAGA TAYYOR

Xaridor mahsulotni istaklar ro‘yxatiga saqlab qo‘ysin.

Namunaga o‘tish